Farg'ona vodiysi qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan yangi tadqiqotlar natijalarini chuqur muhokama qilish, ularni xalqaro ilmiy jamoatchilik orasida keng targ'ib etish. Shuningdek, mazkur onlayn konferentsiya davomida ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va darajasini oshirish, O'zbekiston va boshqa mamlakatlarning yosh olimlariga o'z ishlarining natijalarini amaliy tatbiq etishda ko'maklashish, sohadagi mahalliy va xalqaro olimlar bilan ilmiy aloqalarni o'rnatish bilan bog'liq masalalar muhokama qilinadi.